Bugun 2 may, 2025 yil, juma

КИР

Qaysi viloyatda palov “qimmat” tushadi? – 1 kg palov mahsulotlari bo‘yicha narxlar e’lon qilindi

Qaysi viloyatda palov “qimmat” tushadi? – 1 kg palov mahsulotlari bo‘yicha narxlar e’lon qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi kuzatuv natijalariga ko‘ra, hududlar kesimida bir kilogram palov uchun kerakli mahsulotlarning o‘rtacha qiymati (2025 yil aprel oyi uchun):

🔸Qoraqalpog‘iston R. – 95 700 so‘m

🔸Andijon viloyati – 102 000 so‘m

🔸Buxoro viloyati – 105 500 so‘m

🔸Jizzax viloyati – 106 800 so‘m

🔸Qashqadaryo viloyati – 107 400 so‘m

🔸Navoiy viloyati – 106 400 so‘m

🔸Namangan viloyati – 106 500 so‘m

🔸Samarqand viloyati – 108 400 so‘m

🔸Surxondaryo viloyati – 106 900 so‘m

🔸Sirdaryo viloyati – 102 200 so‘m

🔸Toshkent viloyati – 108 900 so‘m

🔸Farg‘ona viloyati – 112 300 so‘m

🔸Xorazm viloyati – 102 600 so‘m

🔸Toshkent shahri – 112 500 so‘m

Bir kilogram palov uchun kerakli mahsulotlar:

kungaboqar yog‘i – 0,3 l

piyoz – 300 gr

mol go‘shti – 700 gr

sabzi – 1 kg

guruch – 1 kg

noxat – 100 gr

zira – 10 gr

osh tuzi – 20 gr

❗️Eslatib o‘tamiz, yuqoridagi raqamlar hududlarda sotilayotgan bir kilogram palovning narxiga to‘g‘ri kelmaydi. Ularda palov tayyorlash va boshqa xizmatlar haqi ham qo‘shib hisoblanadi.

Kiritildi: 10:52 01.05.2025. O'qildi: 898 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!