Antaliyaning Kash tumani qirg‘oqlarida robotlar yordamida olib borilgan suv osti qazishmalarida halokatga uchragan kemadan 1100 yillik og‘zi yopiq amfora (qadimda ishlatilgan ko‘za) topildi.
Akdeniz universiteti Tasviriy san’at fakulteti Madaniy merosni asrash va tiklash bo‘limi boshlig‘i va qazish ishlarining ilmiy maslahatchisi dosent Hakan O‘niz boshchiligidagi 20 kishilik guruh Madaniyat va turizm vazirligining “Kelajakga meros loyihasi” doirasida O‘rta yer dengizi qirg‘oqlari va Kash tumanidagi Besmi oroli suv ostida qazish ishlari olib bormoqda.
Jamoa qazish ishlari paytida taxminan 45-50 metr chuqurlikdagi halok bo‘lgan kemadan og‘zi yopiq amforani chiqarib olishga muvaffaq bo‘ldi. Amfora quruqlikka chiqarilmasdan oldin ma’lum bosqichlardan o‘tib, Kemerdagi Akdeniz universiteti suv osti arxeologiya laboratoriyasiga olib borildi va dastlab mikroskop hamda maxsus lupalar yordamida tekshirildi. So‘ngra Antaliya mintaqaviy kengashi mutaxassislari va laboratoriya restavratorlari tomonidan chisel, bolg‘a va kichik asbob-uskunalar yordamida bir soatlik harakatdan keyin amfora og‘zi ochildi. Mutaxassislar amfora ichidagi mahsulotdan namunalar olib, ularni nima ekanligini aniqlash uchun tahlilni boshladilar.
Qazishma guruhi rahbari Hakan O‘niz Anadolu agentli muxbiriga topilma haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, 1100 yil avval Falastinning G‘azo qirg‘oqlaridan yo‘lga chiqqan savdo kemasi O‘rta yer dengizi sohilida katta ehtimol bilan bo‘ron tufayli cho‘kib ketgan. O‘sha davrda G‘azoning eng muhim eksport mahsuloti zaytun yog‘i bo‘lgan va sharob esa Tekirdag‘ Sharko‘y-Gaziko‘ydan eksport qilingan bo‘lishi mumkin.
“Bu savdo kemasi birdan ortiq portni ziyorat qilgan kemadir. 9-10-asrlar Abbosiylar davri, ya’ni Islom hukmronligi davri edi. Kemadagi taxminiy sharob tashigan amforalarga asoslanib, Falastindagi odamlar sharob iste’mol qilgan deb o‘ylamaymiz, lekin muhojirlar, nasroniy ziyoratchilar yoki Quddusga tashrif buyurganlarga sovg‘a tariqasida berilgan bo‘lishi mumkin”,- deydi Hakan O‘niz.
O‘niz bu dunyoda juda kam uchraydigan noyob holat ekanini va uning ichidagilar tahlildan so‘ng aniq bo‘lishini ta’kidladi. Uning taxminicha, amforadagi mahsulot zaytun donalari, zaytun moyi, vino yoki baliq sousi yoki butunlay boshqa narsa bo‘lishi ham mumkin.
“1100 yillik davrda dengiz muhitida ham bosim ostida, ham harorat o‘zgarishiga qarab nimalar bo‘lganini aniqlashga harakat qilamiz. Ilmiy tadqiqotlarni bir tahlil bilan amalga oshirib bo‘lmaydi, ko‘plab tahlillar bir-birini tasdiqlashi kerak. Shuning uchun bu jarayon uzoq davom etadi. Biz o‘sha davrdagi ma’lumotlarni ilm-fan va tahlil natijalari bilan birlashtiramiz”, deydi Akdeniz universiteti Muhandislik fakulteti professori Meltem Asilturk Ersoy ham yopiq amfora ichidagi narsani professional hayotida birinchi marta tekshirib ko‘rishini ta’kidlab.
Amfora qopqog‘ini tuzdan tozalab, ochishga erishgan restavrator Rabia Nur Akyuz, amfora usti doimo nam bo‘lib turishi va qurib qolmasligi uchun sinchkovlik bilan ishlaganliklarini tushuntirib berdi.