Bugun 2 may, 2025 yil, juma

КИР

Prezident Oyimjon Otajanovani unvon bilan taqdirladi

Prezident Oyimjon Otajanovani unvon bilan taqdirladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

O‘zining ishbilarmonlik va tashabbuskorlik fazilatlarini namoyon etib, qishloq xo‘jaligi sohasida salmoqli natijalarga erishib kelayotgani, xususan, ko‘chatchilik va gulchilik tarmoqlarini boy tajriba va innovasion usullar asosida rivojlantirish, «Yashil makon» umummilliy loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirish, aholini tomorqachilik faoliyatiga jalb etish va farovonligini yuksaltirishga qo‘shgan katta hissasi, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida, mehnatsevar va shijoatli insonlar etib tarbiyalash yo‘lidagi ibratli ishlari uchun Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi «Sobirjon-Yusup» fermer xo‘jaligi boshlig‘i Otajanova Oyimjanga «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi» faxriy unvoni berilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

SH.Mirziyoyev

Kiritildi: 18:39 01.05.2025. O'qildi: 1105 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!