Bugun 2 may, 2025 yil, juma

КИР

Indzagi va Chalhano‘g‘lu mafiyaga aloqadorligi uchun diskvalifikasiya qilindi

Indzagi va Chalhano‘g‘lu mafiyaga aloqadorligi uchun diskvalifikasiya qilindi

"Inter" bosh murabbiyi Simone Indzagi va "neradzurrilar" yarim himoyachisi Xoqon Chalxano‘g‘lu mafiya bilan aloqadorlikda ayblanib, bitta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi. Bundan tashqari, ular jarima to‘laydilar. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, tergov Indzagi va Chalxano‘g‘luning "Manchester Siti"ga qarshi 2023 yilgi Chempionlar ligasi finali uchun qo‘shimcha chiptalarni tarqatish borasida mafiya oilalariga aloqador ultra a’zosi bilan aloqada bo‘lganini aniqladi.

O‘tgan yilning sentyabr oyida “Inter”ning bir qancha muxlislari, shuningdek, “Milan” muxlislari tovlamachilik va boshqa jinoyatlarda gumonlanib hibsga olingan edi. Bu ishqibozlarning ham mafiya oilalariga aloqadorligi va futbol sohasi bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etgani ta’kidlangan.

Tergovga jalb qilingan “Inter” va “Milan” prokuratura bilan kelishuvga erishishga qaror qilishdi. Bu holatda “neradzurrilar” 70 ming yevro, “rossonerilar” esa 30 ming yevro jarima to‘laydi. Indzagi 15 000 yevro, Chalxano‘g‘lu 30 000 yevro jarimaga tortildi. Ular A Seriyaning 35-turidan o‘rin olgan "Verona"ga qarshi o‘yinni (3 may) o‘tkazib yuborishadi.

Kiritildi: 23:30 01.05.2025. O'qildi: 1470 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!