Amerikalik senator Lindsi Grem 70 dan ortiq hamkasblari uning Rossiyaga qarshi yangi "halokatli" sanksiyalar loyihasini qo‘llab-quvvatlaganini ma’lum qildi.
"Prezident Donald Trampning AQSh Senatidagi asosiy ittifoqchilaridan biri 72 nafar hamkasbi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlashini aytdi," - deb yozadi Bloomberg.
Qayd etilishicha, qonun loyihasi rasmiylar Ukraina bo‘yicha muzokaralarga kirishmasa, Moskvaga qarshi cheklovlarni nazarda tutadi. Ular orasida Rossiya nefti, neft mahsulotlari, tabiiy gaz yoki uranni sotib oluvchi mamlakatlardan import qilish uchun 500 foizlik tarif ham bor. Shuningdek, qo‘shimcha cheklovlarni joriy etish taklif qilinmoqda.