Bugun 2 may, 2025 yil, juma

КИР

"Biz Ukrainaga qancha pul berdik? Haqiqiy raqam taxminan 350 milliard dollar"

"Biz Ukrainaga qancha pul berdik? Haqiqiy raqam taxminan 350 milliard dollar"

AQShning Ukrainadagi tabiiy resurslarni o‘zlashtirishdagi ishtiroki, bu hududlarda “yomon o‘yinchilar” bo‘lmasligiga kafolat beradi — Donald Tramp

Qo‘shma Shtatlar prezidentining boshqa bayonotlari:

◾️ Biz Ukraina bilan bitim tuzdik, men ularning bu bitimga rioya qilishiga ishonaman. Ammo bu bitimning natijalarini hali ko‘rganimiz yo‘q. O‘ylaymanki, hammasi yaxshi bo‘ladi;

◾️ Biz Ukrainaga qancha pul berdik? Haqiqiy raqam taxminan 350 milliard dollar, bu aqlga sig‘maydi. Pulni xuddi derazadan uloqtirganday berishgan. Buni Bayden qilgan;

◾️ Putin juda aqlli va o‘ta ayyor odam, lekin u yon berishga majbur bo‘ladi;

◾️ Ilon Mask hukumatda xohlaganicha qolishi mumkin. Biroq Mask o‘zi istagan paytda biznesiga qaytishi mumkin.

Kiritildi: 10:58 01.05.2025. O'qildi: 984 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!