Bugun 30 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

“Yashil” texnikumlarda Ekostipendiya ta’sis etiladi

 “Yashil” texnikumlarda Ekostipendiya ta’sis etiladi

“Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida ekologik ta’lim, ilm-fan va targ‘ibotni jadallashtirishga oid kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–110-son, 25.03.2026 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Universitet hamda “Yashil” texnikumlar ta’lim tizimining uzviyligini ta’minlash maqsadida 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab:

🗒 “yashil” texnikumlarda ta’lim jarayoni Universitet tomonidan ishlab chiqiladigan va Kasbiy ta’lim agentligi tasdiqlaydigan ta’lim dasturlari asosida tashkil etiladi;

✔️ “yashil” texnikumlarda majburiy va tanlov fanlari Universitet tomonidan belgilanadi;

📁 Universitetning 1-bosqichida o‘qitiladigan mutaxassislik fanlari “yashil” texnikumlarning 2-bosqich o‘quv dasturlariga maxsus kurs sifatida kiritiladi;

☑️ “yashil” texnikumlarni muvaffaqiyatli bitirgan ingliz tilidan V2 darajaga ega bo‘lgan bitiruvchilarga Universitet tomonidan belgilangan ballar o‘rtacha qiymatidan (GPA) kelib chiqib, bakalavriatning 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirishga ruxsat beriladi;

💸 “yashil” texnikumlarda Ekostipendiya ta’sis etiladi va har yili 10 nafargacha iqtidorli o‘quvchilarga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda stipendiya to‘lanadi.

Kiritildi: Bugun 13:40. O'qildi: 310 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!