Jurnalist Roberto Gomes ma’lum qilishicha, Ispaniya La Ligasining 10-turidan o‘rin olgan «Barselona» — «Real» Madrid uchrashuviga hakam sifatida Alexandro Xose Ernandes tayinlanadi. Uchrashuv 25 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Jamoalar Ispaniyaning Barselona shahridagi «Spotifay Kamp Nou» stadionida maydonga tushadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 26 oktyabr kuni soat 01:00 da boshlanadi.
«Ernandes Ernandes «el-klasiko»ni boshqaradi», — deya Gomesning so‘zlarini «Marca» nashri keltirdi.
Ayni paytda Ispaniya chempionati jadvalida «Real» 7 ta uchrashuvdan keyin 15 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turibdi. «Barselona» esa xuddi shuncha o‘yindan keyin 21 ochko to‘plagan holda 1-o‘rinda bormoqda. Kataloniyaliklar — Ispaniyaning amaldagi chempioni.