Bugun 4 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ronaldu va Jezush mojarosi aeroportda janjalga aylandi

Ronaldu va Jezush mojarosi aeroportda janjalga aylandi

Krishtianu Ronalduning Portugaliya terma jamoasi qarorgohini o‘zboshimchalik bilan tark etgani bilan bog‘liq mojaro hali ham dolzarbligicha qolmoqda.

Juma kuni Portugaliya terma jamoasi Millatlar ligasida Daniya ustidan mehmonda qozonilgan g‘alabadan so‘ng Portu shahriga qaytib keldi. Aeroportda yig‘ilgan muxlislar ikki lagerga bo‘lindi.

Ularning ayrimlari bosh murabbiy Jorje Jezushga norozilik bildirish uchun kelgan edi. Bu muxlislar mutaxassisni Ronalduni asosiy tarkib futbolchisi sifatida ko‘rmaslik qarori uchun qattiq haqorat qildi.

Shu bilan birga, Ronalduga qarshi fikr bildirgan muxlislar ham bor edi. Natijada tarafdorlar o‘rtasida tortishuvlar va to‘qnashuvlar boshlandi.

A Bola nashri xabariga ko‘ra, vaziyatni tinchlantirish uchun polisiya aralashishiga to‘g‘ri kelgan.

Kiritildi: 23:11 02.10.2026. O'qildi: 3894 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!