Bugun 4 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ronaldu yoki Jezush? Portugaliyaliklar tanlovini qildi

Ronaldu yoki Jezush? Portugaliyaliklar tanlovini qildi

Pitagórica kompaniyasi Portugaliya aholisi o‘rtasida Krishtianu Ronalduni mamlakat terma jamoasiga bundan keyin ham chaqirish kerakmi-yo‘qmi, degan savol bo‘yicha so‘rov o‘tkazdi. CNN Portugal ma’lumotiga ko‘ra, 400 nafar ishtirokchining fikri turlicha bo‘lgan.

So‘rovda qatnashganlarning 37 foizi Ronalduni endi milliy jamoaga chaqirmaslik kerak, deb hisoblaydi. 35 foiz uni termaga chaqirishda davom etish tarafdori. Yana 25 foiz esa bu qaror futbolchining jismoniy holati va bosh murabbiy tanloviga bog‘liq bo‘lishi kerak, degan fikrda.

Ronalduning terma jamoada o‘ynashni davom ettirishini eng ko‘p «Sporting» muxlislari qo‘llab-quvvatlagan. Futbolchi professional faoliyatini aynan shu klubda boshlagan. Portugaliyaning boshqa klublari muxlislari orasida esa bu boradagi qo‘llab-quvvatlash nisbatan pastroq.

Shu bilan birga, so‘rovda qatnashganlarning aksariyati Ronaldu doimiy ravishda asosiy tarkibda maydonga tushishi kerak, deb hisoblamaydi. Faqat 10 foiz uning muntazam ravishda start tarkibida o‘ynashini qo‘llab-quvvatlagan. 51 foiz esa uning maydonga tushishi muayyan o‘yin, futbolchining holati va murabbiy qaroriga bog‘liq bo‘lishi kerak, degan fikrda.

Respondentlarning 84 foizi Jorje Jezush terma jamoada ishlashni davom ettirishi kerak, deb hisoblaydi. Faqat 7 foiz uning ketishi tarafdori bo‘lgan.

So‘rov ishtirokchilariga Ronaldu va Jezush bir jamoada ishlay olmaydigan vaziyat yuzaga kelsa, kimni saqlab qolishni ma’qul ko‘rishlari haqida savol berilganda, 66 foiz bosh murabbiyni tanlagan. Jezushning ketishi evaziga Ronalduni termada saqlab qolish tarafdori bo‘lganlar esa 19 foizni tashkil etgan.

Kiritildi: Bugun 13:41. O'qildi: 519 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!