Bugun 6 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Ikki futbolchi zo‘rlash ishida qo‘lga olindi

Ikki futbolchi zo‘rlash ishida qo‘lga olindi

Fransiya Liga 2 musobaqasida ishtirok etayotgan «Nansi» klubi sportga bevosita aloqasi bo‘lmagan jiddiy huquqiy mojaro markazida qoldi.

Klub asosiy tarkibining ikki futbolchisiga guruh bo‘lib zo‘rlashda ayblov qo‘yildi. Prokuratura talabiga ko‘ra, ular ehtiyot chorasi sifatida hibsga olinib, qamoqqa joylashtirildi.

Mazkur ish bo‘yicha 22 yoshli ayol polisiyaga ariza bilan murojaat qilgan. «Nansi» klubi ham vaziyat yuzasidan rasmiy bayonot e’lon qildi.

Liga 2 chempionatining yetti turidan so‘ng «Nansi» turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi. 9 oktyabr, juma kuni jamoa «Gengam»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: Bugun 06:04. O'qildi: 1019 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!