Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Yaponiya terma jamoasini 2018 yildan buyon boshqarib kelayotgan murabbiy ishdan ketadigan bo‘ldi

Yaponiya terma jamoasini 2018 yildan buyon boshqarib kelayotgan murabbiy ishdan ketadigan bo‘ldi

Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xadzime Moriyasu 2027 yilgi Osiyo Kubogi yakunlangach o‘z lavozimini tark etadi. Bu haqda Yaponiya futbol federasiyasi rasman ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu turnir yarim yildan so‘ng Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi. Moriyasuning o‘rnini egallaydigan mutaxassis nomi ham ma’lum — bu Go Oiva.

Moriyasu Rossiyada o‘tgan JCH-2018 dan beri Yaponiya terma jamoasini boshqarib kelmoqda. Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tgan so‘nggi mundialga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu turnirda yaponlar 1/16 final bosqichida o‘z yurishini to‘xtatdi. Ular shiddatli kechgan bahsning so‘nggi daqiqalarida Braziliya terma jamoasiga imkoniyatni boy berishdi (1:2). «Samuraylar» guruh bosqichidan ikkinchi o‘rin bilan pley-offga chiqishgan edi.

Kiritildi: 23:05 23.07.2026. O'qildi: 598 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!