"Surxon" klubi Behruz Karimovning transferini tasdiqladi.
Ma’lum bo‘lishicha, futbolchi Toshkentda yangi klubi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va shu yerda shartnoma tuzdi.
Behruz Karimov Shveysariya ish vizasini olishi bilan Shveysariyaning Lugano shahriga uchib ketadi.
Ma’lumot uchun, ayni paytda "Lugano" klubi Shveysariya Superligasining 2-turidan so‘ng 6 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi. "Yang Boyz" klubi to‘plar nisbatiga ko‘ra peshqadamlik qilmoqda. "Lugano" ertaga 3-turda "Syurix" klubini qabul qiladi.