"Bugun biz Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Iturup oroliga tashrif buyurgani haqida xabar oldik. To‘rtta shimoliy orol, jumladan Iturup, tarixan va xalqaro huquq nuqtai nazaridan mamlakatimizning azaliy hududi hisoblanadi. Yaponiya ushbu tashrifga qat’iy e’tiroz bildiradi", — deyiladi Yaponiya TIV saytida.
Yaponiya Iturup, Kunashir, Shikotan va Xabomai orollarini o‘z hududi deb hisoblaydi. SSSR ular ustidan nazoratni 1945 yilda o‘rnatgan. Hozirda ular Rossiya tarkibiga kiradi. Hududiy nizo sababli Moskva va Tokio shu kungacha Ikkinchi jahon urushi yakunlari bo‘yicha tinchlik shartnomasini tuzmagan.