Mintaqadagi harbiy harakatlar tufayli Qatar «Finalissima» — Amerika kubogining amaldagi sohibi (Argentina terma jamoasi) va amaldagi Yevropa chempioni (Ispaniya terma jamoasi) o‘rtasidagi turnirga mezbonlik qila olmaydigan bo‘ldi.
AS nashrining xabar berishicha, Finalissima Madriddagi «Santyago Bernabeu» stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin sanasi o‘zgarishsiz qoldi — 27 mart.
Finalissimaning Madridda o‘tkazilishi Ispaniya terma jamoasiga ma’lum ma’noda ustunlik beradi.
Shuningdek, Lionel Messining yana «Santyago Bernabeu»ga tashrif buyurishi alohida ahamiyatga ega. O‘z vaqtida argentinalik yulduz «Real» va «Barselona» o‘rtasidagi «El-Klasiko» bahslarida ushbu stadionda ko‘plab yorqin o‘yinlarni namoyish etgan edi.