Dunyoning TOP-500 reytingiga kiruvchi universitetlarini tamomlab, O‘zbekistondagi nodavlat notijorat tashkilotlarida (NNT) ishlayotgan mutaxassislar oylik maoshiga qo‘shimcha ustama olishi mumkin.
Ustama miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 15 baravarigacha etib belgilangan. Ushbu loyiha O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiasiyasi tomonidan Davlat dasturiga muvofiq amalga oshirilmoqda.