Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Xoland, Mbappe va Messi jahon chempionatlari tarixidagi noyob natijaga erishdi

Xoland, Mbappe va Messi jahon chempionatlari tarixidagi noyob natijaga erishdi

Jahon chempionatlari tarixida ilk bor bir mundialda bir vaqtning o‘zida uch nafar futbolchi 7 tadan gol urdi. Bu haqda MisterChip o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

JCH-2026ning eng yaxshi to‘purarlari:

  • Erling Xoland (Norvegiya) — 7 gol;

  • Kilian Mbappe (Fransiya) — 7 gol;

  • Lionel Messi (Argentina) — 7 gol.

Avvalgi jahon chempionatlari tarixida bir turnir davomida ikki nafardan ortiq futbolchi 7 ta gollik marraga yeta olmagan edi.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 1/8 finalida Norvegiya Braziliyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu uchrashuvda norvegiyaliklar safida Erling Xoland dubl qayd etdi.

Chorak finalda Norvegiya terma jamoasi Meksika — Angliya juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 13:33 06.07.2026. O'qildi: 681 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!