Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Mao Nin X ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida Xitoyda ta’lim jarayonlariga sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining joriy etilishini aks ettiruvchi videoni joylashtirdi.
“Xitoy maktablarida bilimlarni baholash uchun sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etilmoqda. Bu o‘quvchilarga tezda aniq natijalarni olish va o‘qituvchilar ish yukini optimallashtirish imkonini beradi”, — deb yozgan u.
Avtomatlashtirish jarayoni yozma topshiriqlarni skanerlash va ularni aqlli tizim yordamida darhol tahlil qilishni o‘z ichiga oladi. Sun’iy intellekt imkoniyatlari o‘qituvchining bevosita aralashuvisiz qo‘lda yozilgan yechimlarni tezkor fikr-mulohaza va aniq talqin qilish imkonini beradi.
Video X ijtimoiy tarmog‘ida va Xitoyning Weibo mikroblog xizmatida keng tarqalgan.