Bugun 22 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Xitoyda sakkiz soat ishlay oladigan robot-qo‘riqchi yaratildi

Xitoyda sakkiz soat ishlay oladigan robot-qo‘riqchi yaratildi

Xitoyning Unitree kompaniyasi xavfsizlikni ta’minlash va favqulodda vaziyatlarda yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan yangi robotini namoyish qildi.

Qurilma qo‘riqchilik, shaxsiy himoya hamda qutqaruv ishlarida foydalanish uchun ishlab chiqilgan. U bir marta quvvatlanganda sakkiz soatgacha faoliyat yuritishi mumkinligi aytilmoqda.

Qizig‘i, robotning ish kuni mehnat qonunchiligi bilan emas, balki akkumulyatorining quvvati bilan cheklangan. Sakkiz soatlik «smena»dan keyin unga dam olish emas, qayta quvvatlanish kerak bo‘ladi.

Kiritildi: 23:31 21.10.2026. O'qildi: 181 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!