Xalq demokratik partiyasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish masalasini deputatlik va jamoatchilik nazorati asosida respublika miqyosida o‘rganishga kirishmoqda.
Partiya ma’lum qilishicha, oziq-ovqat, sanitariya-gigiyena va umumiy xavfsizlik talablariga rioya etilishi bo‘yicha hududlarda maxsus ishchi guruhlar tuzilib, manzilli tahlillar o‘tkaziladi.
O‘rganish natijalari mahalliy Kengashlardagi deputatlik guruhlari yig‘ilishlarida muhokama qilinadi. Zarur holatlarda masala mahalliy Kengashlar sessiyalariga olib chiqilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, yakuniy xulosalar asosida XDP fraksiyasida muhokamalar o‘tkazilib, bolalar xavfsizligini kuchaytirish va qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan.