Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma

КИР

XAMAS Eronning AQSh bilan muzokaralardagi pozisiyasi uchun minnatdorchilik bildirdi

XAMAS Eronning AQSh bilan muzokaralardagi pozisiyasi uchun minnatdorchilik bildirdi

Eron mintaqa xalqlarining, xususan, Falastin va Livanning Isroil hujumlariga qarshi qonuniy qarshilik ko‘rsatishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘zining prinsipial siyosatini davom ettiradi.

Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Abbas Arakchi XAMAS Siyosiy byurosi a’zosi Xalil al-Hayya bilan bo‘lib o‘tgan telefon muloqoti chog‘ida ma’lum qildi. A. Arakchi suhbatdoshiga Eronning mintaqadagi urushni to‘xtatish bo‘yicha ko‘rayotgan so‘nggi chora-tadbirlari haqida ma’lumot berdi.

O‘z navbatida, Xalil al-Hayya ham Abbas Arakini Falastindagi, xususan, G‘azo sektoridagi so‘nggi vaziyatdan xabardor qildi. U Falastinga qarshi hujumlar to‘xtagunga qadar qarshilik ko‘rsatishda davom etishlariga e’tibor qaratdi.

XAMAS Siyosiy byurosi a’zosi, shuningdek, Eron delegasiyasining AQSh bilan muzokaralardagi pozisiyasi uchun minnatdorchilik bildirdi. Ushbu pozisiyada mintaqadagi barcha frontlarda urushni bir vaqtning o‘zida to‘xtatish zarurligi ta’kidlangan edi. Bundan tashqari, u Islom Respublikasiga falastin xalqining qonuniy kurashini qo‘llab-quvvatlayotgani uchun tashakkur aytdi.

Kiritildi: 23:52 04.06.2026. O'qildi: 202 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!