Polevodstvo qishlog‘ida joylashgan kompaniya ombori yaqinida kuchli yong‘in chiqqani haqida mahalliy E1 RU nashri xabar bermoqda. Wildberries matbuot xizmati nashrga ma’lum qilishicha, ombor xodimlari "oldindan" evakuasiya qilingan.
Avvalroq, Wildberries asoschisi Tatyana Kim Ukraina dronlarining omborlarga uyushtirgan bir qator zarbalari fonida kompaniya logistikasi qayta ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qilgan edi. O‘tgan hafta davomida Rossiyaning turli hududlaridagi Wildberries’ning yettita omboriga hujum uyushtirildi. Zarbalar kompaniya ombor maydonlarining qariyb 10 foiziga ta’sir ko‘rsatdi.