XJS “Tolobon” hukumatining 4 nafar yuqori martabali mulozimini, jumladan, oliy rahbar Haybatulloh Oxundzodani Afg‘onistonda xotin-qizlarni ta’qib qilish orqali insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etganlikda ayblamoqda.
Sud iyul hamda sentyabr oylari oralig‘ida berilgan, biroq shu paytgacha ochiqlanmagan to‘rtta orderni ommaga e’lon qildi. Ma’lum qilinishicha, orderlar quyidagi shaxslarga nisbatan chiqarilgan:
— “Tolibon” oliy rahbar Haybatulloh Oxundzoda;
— Oliy sud rahbari Abdul Hakim Haqqoniy;
— Ta’lim vaziri Habibulla Og‘a;
— Oliy ta’lim vaziri Neda Muhammad Nadim.
XJS sudyalarining ta’kidlashicha, “Tolibon” amaldorlari 2021-l yil 15 avgustdan 2025 yil 20 yanvargacha bo‘lgan davrda ayollar, qizlarni gender asosida, shuningdek, ayollar va qizlarning tarafdorlarini siyosiy asosda ta’qib qilgan.
Ular tinch aholining asosiy huquq va erkinliklarini buzishga olib kelgan davlat siyosatini qo‘llagan. Bu siyosat qotillik, qamoqqa olish, qiynoqqa solish, zo‘rlash va odam o‘g‘irlash harakatlari bilan o‘z ichiga olgan.
"Afg‘onistondagi “Tolibon” hukumati qizlar va ayollarni aynan ularning jinsi bois nishonga olgan. Ularning ta’lim olish, shaxsiy hayot, oilaviy hayot, erkin harakatlanish, so‘z, fikr, vijdon va din erkinligi kabi fundamental huquqlarini cheklagan. Sud bu orderlar gumonlanuvchilar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan keyingi jinoyatlarning oldini olish maqsadida e’lon qildi", deyiladi XJS bayonotida.