"Real Madrid" bosh murabbiyi Xabi Alonso himoyachi Viktor Valdepenyasdan uzr so‘radi.
19 yoshli futbolchi yaqinda La Ligada bo‘lib o‘tgan "Alaves"ga qarshi o‘yinda (2:1) debyut qildi. O‘yindan so‘ng Alonso yosh futbolchini debyut o‘yini uchun maqtadi, ammo o‘tkazib yuborilgan yagona gol uchun aybdor ekanligini aytdi. Marca nashrining xabar berishicha, murabbiy keyinchalik Valdepenyasdan o‘yindan keyingi fikrlari uchun uzr so‘radi. Murabbiy yosh ispaniyalik bilan shaxsan uchrashdi va uning xatosini nima uchun omma oldida aytganini tushuntirdi.
Viktor Valdepenyas "Alaves"ga qarshi o‘yinda maydonga tushdi va 76-daqiqada almashtirildi.