Rossiya yetakchisi Vladimir Putin Eron Islom Respublikasi Oliy rahbari Sayyid Ali Xomanaiyning o‘ldirilishi munosabati bilan Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkianga ta’ziya bildirdi.
Rossiya Prezidenti Oyatulloh Xomanaiyning vafotini insoniy axloq va xalqaro huquqning barcha normalarini buzgan holda sodir etilgan pastkashlarcha qotillik deb tavsifladi.
"Mamlakatimizda Oyatulloh Xomanaiy Rossiya-Eron do‘stona munosabatlarini rivojlantirishga, ularni har tomonlama strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishga ulkan shaxsiy hissa qo‘shgan ko‘zga ko‘ringan davlat arbobi sifatida yodda qoladi", — deyiladi Kreml saytida e’lon qilingan telegrammada.