Bugun 1 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

Eron oliy rahbariga uyushtirilgan hujum qanday tayyorlangan edi?

Eron oliy rahbariga uyushtirilgan hujum qanday tayyorlangan edi?

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy vafot etishidan oldin bir necha oy davomida uni kuzatib borgan. Bu haqda "The New York Times" o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, razvedka 28 fevral kuni ertalab Xomanaiyning qarorgohida yuqori martabali mulozimlar ishtirokida muzokaralar bo‘lib o‘tishini va unda Xomanaiyning shaxsan o‘zi qatnashishini aniqlagan. Dastlab zarbani tunda berish rejalashtirilgan edi, biroq barcha yig‘ilganlarni bir joyda tutish maqsadida operasiya ertalabga ko‘chirilgan.

Ushbu operasiya AQSh va Isroilning yaqin hamkorligi, shuningdek, o‘tgan yilgi 12 kunlik urushdan keyin Eron rahbariyati ustidan olib borilgan chuqur tahlillar natijasi bo‘ldi.

Ertalabki soat taxminan 06:00 da Isroil qiruvchi samolyotlari havoga ko‘tarilgan. Hujum uchun kam sonli samolyotlar jalb qilingan bo‘lsa-da, ular uzoq masofali va yuqori aniqlikdagi o‘q-dorilar bilan qurollangan edi.

Tahlilchilarning ta’kidlashicha, Eron rahbariyati AQSh va Isroil tomonidan urushga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqidagi aniq signallarga qaramay, zarur xavfsizlik choralarini ko‘rmagan.

Kiritildi: Bugun 14:07. O'qildi: 2278 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!