Bekobod shahrida ichki ishlar xodimi tomonidan mashinada urib yuborilgan va kanalga tashlab yuborilgan 43 yoshli fuqaroning jasadi 80 kundan so‘ng aniqlandi.
Eslatib o‘tamiz, Bekobod shahar IIB katta tezkor vakili mast holatda avtomashina boshqargan. U fuqaroni urib yuborgach, jasadni “Nexia” avtomobiliga yuklab, hodisa joyidan uzoqroq joyga olib borgan va turmush o‘rtog‘ini chaqirgan.
Ayol “Matiz” avtomobilida kelgan. So‘ngra er-xotin jasadni ikkinchi mashinaga yuklab, hodisa joyidan 35 km uzoqlikdagi Farhod kanaliga tashlab yuborgan.