Bugun 1 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ukraina Eronga hujumlar borasida bayonot berdi

Ukraina Eronga hujumlar borasida bayonot berdi

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Isroilning Eronga qilgan hujumlari bo‘yicha bayonot berdi. Bayonot vazirlikning rasmiy Telegram kanalida e’lon qilindi.

"Biz Tehrondagi rejim zo‘ravonlik ssenariysining oldini olish uchun barcha imkoniyatlarga ega ekanligini ta’kidlaymiz. Unga diplomatiya va yechim topish uchun imkoniyatlar berildi", deyiladi bayonotda.

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Tehronga qilingan hujumlarni Eron rejimining shafqatsizligi bilan bog‘laydi. Ukraina tashqi ishlar vazirligi Eron xalqini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Tashqi ishlar vaziri Andriy Sibiga mintaqadagi keskinlashib borayotgan vaziyat fonida Eron xalqini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi va Tehrondagi rejimni terror va repressiyalarda aybladi.

Sibiganing so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning pozisiyasi aniq va izchil:

- Tehrondagi rejim o‘z xalqini va butun mintaqani terror qilmoqda;

- hukumat terrorizmni va boshqa mamlakatlarga beqarorlik olib kelayotgan jangarilarni moliyalashtirmoqda;

- uzoq muddatli inson huquqlari buzilishi, repressiya va qatl etishlar mamlakat ichidagi chuqur inqirozdan dalolat beradi.

Kiritildi: Bugun 10:55. O'qildi: 1114 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!