Eronning javob zarbalari natijasida Isroilda kamida 89 kishi yengil jarohat oldi.
Bu haqda milliy tez tibbiy yordam xizmatiga tayanib The Times of Israel xabar bermoqda.
"Magen David Adom" tez yordam xizmati Eronning ballistik raketalari zarbalari natijasida yengil tan jarohati olgan 89 nafar jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatilganini ma’lum qildi", — deyiladi materialda.