25 fevral kuni soat 21:46 da 10-sinf maktab o‘quvchisi BMW M4 rusumli avtomashinani haydovchilik guvohnomasisiz boshqarib, harakatlanib kelayotgan vaqtida YPX inspektorini urib yuborgan.
Hodisa oqibatida YPX inspektori turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Uning ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.
IIV matbuot kotibi e’lon qilgan videodan ma’lum bo‘lishicha, bu bolaning ota-onasi oxirgi paytlarda ikki marta: avvaliga 2025 yil sentyabrida, keyinroq 2026 yil yanvarida MJtKning 47-moddasi (bolaga tarbiya bermaslik) bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan va profilaktik suhbat o‘tkazilgan.
Shuningdek, ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, bu betarbiya bola 2023 yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan, “Basalt Uzbekistan” kompaniyalar guruhi asischisi Turg‘un Kuchkunovning nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi.