Bugun 1 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

Eron nega arab davlatlariga zarba bermoqda?

Eron nega arab davlatlariga zarba bermoqda?

Ko‘pchilik nega eronliklar Fors ko‘rfazidagi arab monarxiyalari hududlariga zarba berayotganini tushunmayapti. Axir ular yashirincha Eron neftini sotishda yordam bergan, tinchlik tarafdori bo‘lgan, go‘yoki bevosita aloqasi yo‘q edi, degan fikr bor.

Masala bundan murakkabroq. Gap faqat Amerika harbiy bazalarida emas. Gap shundaki, bu monarxiyalar G‘arb iqtisodiyotining moliyaviy tayanch nuqtalari hisoblanadi. U yerdagi amirlar/podshohlar aslida G‘arb kompaniyalarining ulkan investisiyalari ustidan nazorat qiluvchi vositachilar sifatida ko‘riladi. Ular doim “ular hammaga foyda beradi, hatto Eronga ham — demak ularga tegilmaydi” degan mantiq bilan himoyalanib kelgan.

Ammo Eron rahbariyatiga, jumladan oliy rahbar Ali Xomanaiy va prezident M. Pezeshkiyonga qarshi suiqasd urinishlari vaziyatni yangi bosqichga olib chiqdi. Endi diplomatik o‘yinlar va ko‘rfazdagi G‘arbga yaqin davlatlar suverenitetini tan olish davri tugadi.

Amirliklar va qirolliklarga zarbalar — bu aslida G‘arbning mintaqadagi aktivlariga, neft, ko‘chmas mulk va texnologiya atrofida shakllangan moliyaviy tizimiga bosim sifatida baholasak bo‘ladi.

Bunday yondashuv G‘arb elitalarining og‘riqli nuqtasi aynan moliyaviy manfaatlar ekaniga urg‘u beradi: odamlar taqdiridan ko‘ra milliardlab investisiyalar ko‘proq himoya qilinadi, degan fikr ilgari surilmoqda.

Bahrayn misolida esa Eron mahalliy shia aholining noroziligiga tayanishi mumkinligi haqidagi taxminlar ham bor.

Umuman olganda, Tehron mintaqaviy gibrid qarama-qarshilik va bilvosita harakatlar strategiyasiga tayyorligini namoyon qilmoqda.

M. Shevchenko, siyosiy ekspert

Kiritildi: Bugun 00:40. O'qildi: 1070 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!