Eron tomonidan ballistik raketalar uchirilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Taxminlarga ko‘ra, raketalar AQShning mintaqadagi harbiy bazalariga yo‘naltirilgan. Hozircha rasmiy manbalar tomonidan zarbalarning aniq nishonlari va oqibatlari bo‘yicha to‘liq ma’lumot berilmagan.
Mintaqadagi keskinlik yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Rasmiy bayonotlar va qo‘shimcha ma’lumotlar kutilmoqda.