Bugun 1 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

Galibaf: “Eronning javobi shunchalik dahshatli bo‘ladiki, ular yolvorib uzr so‘rashadi”

Galibaf: “Eronning javobi shunchalik dahshatli bo‘ladiki, ular yolvorib uzr so‘rashadi”

Eron parlamenti spikeri AQSh va Isroilga “vayronkor javob” bilan tahdid qildi.

Moxammad Bager Galibaf “yakuniy qasos vaqti keldi”, deya bayonot berdi va javob “shunchalik vayronkor bo‘ladiki, ular rahm-shafqat so‘rashga majbur bo‘ladi”, dedi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat oliy rahbar halok bo‘lganidan keyingi qadamlarni ham o‘z ichiga olgan “barcha ssenariylar”ga tayyorgarlik ko‘rgan. “Biz bu lahzalarga tayyorlandik va barcha ssenariylarni ko‘rib chiqdik”, — deya ta’kidladi u.

Galibaf, shuningdek, AQSh prezidenti va Isroil bosh vaziri “qizil chiziqlarni kesib o‘tganini” hamda “buning uchun tovon to‘lashi kerakligini” aytdi. Uning ta’kidlashicha, ular “javobgarlikka tortiladi”.

Kiritildi: Bugun 11:40. O'qildi: 1313 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!