Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Vinisius «Real»ning muvaffaqiyatsizligiga nima sabab bo‘layotganini aytdi

Vinisius «Real»ning muvaffaqiyatsizligiga nima sabab bo‘layotganini aytdi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior jamoaning o‘tgan mavsumdagi muammolari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. «Qaymoqranglilar» mavsumni birorta sovrinsiz yakunlashdi. La Ligada poytaxt grandi «Barselona»dan sakkiz ochko ortda qolib, ikkinchi o‘rinni egalladi.

«Biz mag‘lub bo‘lmasligimiz kerak bo‘lgan o‘yinlarda ochko yo‘qotdik. Hozir bizga Kroos, Modrich, Nacho kabi tajribali o‘yinchilar yetishmayapti. Ular o‘yin taqdirini hal qilishda katta rol o‘ynashardi. Endi esa navbat yangi avlodga — men, Bellingem va Valverdega keldi. Bizda tajriba bor, lekin ularnikichalik emas», — deya Vinisiusning intervyusidan iqtibos keltiradi Madrid Universal.

Yozda «Real»da murabbiylar shtabida o‘zgarishlar kutilmoqda — Alvaro Arbeloa allaqachon o‘z lavozimini tark etdi.

Kiritildi: Bugun 09:01. O'qildi: 290 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!