Ukraina Qurolli Kuchlarining dron tizimlari qo‘mondoni Robert (Madyar) Brovdi Belarus rahbari Aleksandr Lukashenkoga ogohlantirish bilan chiqdi.
"Dastlabki 500 ta nishon allaqachon nishonga olingan. Bepul va juda amaliy maslahat: Ukrainaning ko‘ziga cho‘p suqma", — deb yozadi Madyar o‘zining Telegram kanalidagi sahifasida.
Shuningdek, dron tizimlari qo‘mondoni ukrainaliklarni sabrli bo‘lishga, mudofaa kuchlariga ishonishga va havodagi favqulodda holat signallariga munosabat bildirishga chaqirdi.
Aprel oyida Vladimir Zelenskiy Rossiya Belarusni Ukrainaga qarshi urushga yana bir bor tortishga urinishini ma’lum qilgan edi. Ungacha Lukashenko urush boshlashni istamasligini, biroq agar Ukraina Belarusga hujum qilsa, unga qo‘shilishga tayyorligini aytgandi, deyiladi xabarda.