Fransiyalik himoyachi Ibraima Konate katta ehtimol bilan bu yozda “Liverpul”ni tark etadi. The Sun nashri ma’lumotiga ko‘ra, fransiyalik futbolchini qo‘lga kiritish uchun kurashga “Manchester Siti” ham qo‘shildi.
Aslida Konateni “Real” anchadan beri o‘z safiga chorlamoqda. Oxirgi paytda “Barselona” ham tajribali himoyachining atrofidagi vaziyatni kuzata boshladi. “Liverpul” esa, o‘z o‘yinchisini saqlab qolmoqchi.
“Shaharliklar” futbolchi agar Konate liverpulliklar bilan yangi shartnoma imzolamasa, uni yozda erkin agent sifatida transfer qilish imkoniyatini allaqachon o‘rganib chiqqan.
Ibraima Konate 2021 yilda “RB Leypsig”dan “Liverpul”ga 40 million yevroga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2026 yilning 30 iyunigacha amal qiladi.
Joriy mavsumda fransiyalik futbolchi Angliya klubi safida barcha musobaqalarda 51 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urdi. Transfermarkt portali Konatening qiymatini 50 million yevro deb baholamoqda.