Eron Bandar-Abbos yaqinidagi hujumga javoban AQSh aviabazasiga zarba berdi. Bu haqda Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) ma’lum qildi.
«AQSh tomonidan amalga oshiriladigan har qanday keyingi hujumlarga yanada qat’iyroq javob qaytariladi», — deyiladi IIMK bayonotida.
IIMK Vashington yuzaga keladigan oqibatlar uchun javobgar ekanini alohida ta’kidladi.
Qayd etish joizki, avvalroq «Reuters» agentligi o‘z manbalariga tayanib, AQSh Eronning harbiy ob’ektiga zarba bergani haqida xabar qilgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh Eronning bir nechta uchuvchisiz uchish apparatlarini urib tushirgan va qo‘lga kiritgan. Zarba Eronning Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi, Amerika kuchlari va tijorat kemachiligi uchun xavf tug‘dirgan harbiy ob’ektiga yo‘llangan.