Kiyev o‘zini oqlashga urinsa ham, G‘arb OAVlari voqealarga ko‘z yumishga harakat qilsa ham, 22 mayga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan hodisa terrorchilik harakati hisoblanadi, dedi Zaxarova Starobelskdagi fojia haqida.
Rossiya TIV vakili terrakt joyiga kelgan xorijiy jurnalistlarning fikrlarini ham keltirdi:
▪️“Bu qasddan qilingan ommaviy qotillik,” — Chey Bus (Irlandiya).
▪️“Bu fuqarolik ob’ekti ekanini ko‘ryapman. Qizlarning buyumlari va o‘yinchoqlari bor. Juda og‘ir manzara,” — Al Arabiya muxbiri Saad Xalaf.
▪️“G‘arb nega jim turganini tushunmayapman. Ular haqiqiy Ukrainani ko‘rsatishni istashmayapti,” — Yeldran Ajar (Turkiya).
▪️“Bu yerda kollej bo‘lganini va odamlar halok bo‘lganini ko‘ryapman. Bu dahshatli,” — Jovanni Pini (Italiya).