Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda iyunda anomal issiq oqibatida harorat +47° gacha chiqadi

O‘zbekistonda iyunda anomal issiq oqibatida harorat +47° gacha chiqadi

O‘zbekistonda iyun beqaror va o‘rtacha iliq ob-havo hamda qisqa muddatli yomg‘irlar bilan boshlanadi, biroq yoz davomida anomal issiq kunlar kuzatilishi mumkin. O‘zgidrometga ko‘ra, El-Nino hodisasi tufayli bu yil yozda harorat me’yordan biroz yuqori bo‘lishi va ayrim joylarda +47 darajagacha chiqishi kutilmoqda.

Hozirgi vaqtda bircha iqlim tizimi neytral deb hisoblanadi, ammo okeandagi suv harorati juda yuqori tezlikda ko‘tarilmoqda. Bu dunyoning yetakchi mavsumiy prognozlash markazlari tomonidan 2026 yil yozi issiq bo‘lishi prognozlari bilan bog‘liqdir

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, yozning birinchi oyida o‘rtacha kunlik harorat +31°…+36° gacha ko‘tariladi.

Maksimal harorat esa +41°…+44° atrofida bo‘ladi, janubiy va cho‘l hududlarida esa +45°…+47° gacha yetishi mumkin.

O‘zbekistondagi eng yuqori harorat rekordi 1914 yil Termiz shahrida qayd etilgan bo‘lib, +49,6°C ni tashkil qilgan.

Kiritildi: Bugun 13:35. O'qildi: 510 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!