Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.
Qo‘shma Shtatlar kemalari birinchi bo‘lib O‘mon qirg‘oqlari yaqinidagi ikki million barrel xom neft olib ketayotgan Gresiya tankerini kuzatib bordi. Kema mart oyi boshidan buyon Fors ko‘rfazida qolib ketgan edi va hozirda Hindistonga qarab ketmoqda.
Nashrning qayd etishicha, ushbu amaliyot kemalarning Xo‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tishi bo‘yicha “Ozodlik loyihasi”ni qayta tiklaydi. Vashington ushbu loyihani 4 may kuni boshlagan va Saudiya Arabistonining noroziligi sababli 36 soatdan keyin to‘xtatgan edi.
AQSh Harbiy-dengiz kuchlari vakillarining bildirishicha, yaqin kunlarda Amerika kemalari Xo‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tishni rejalashtirayotgan o‘nga yaqin kemaga, jumladan, tankerlar va konteyner tashuvchi kemalarga yordam beradi.