Superkompyuter futbol bo‘yicha JChda Ispaniya g‘olib bo‘lishini prognoz qildi.
Shu bilan birga, Opta statistika portali FIFA Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining chempionlik imkoniyati 0,07% deb baholangan.
Guruh bosqichidan chiqish ehtimoli esa 5,45%, 1/8 finalga chiqish ehtimoli 12,25% deb ko‘rsatilgan.
Opta talqiniga ko‘ra, turnirning asosiy favoritlari Ispaniya, Fransiya va Angliya terma jamoalari hisoblanadi. Amaldagi jahon chempioni Argentina esa reytingda 4-o‘rinni egallagan.