Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston Afg‘onistonga 200 tonna oziq-ovqat mahsulotlari yetkazdi

O‘zbekiston Afg‘onistonga 200 tonna oziq-ovqat mahsulotlari yetkazdi

Prezident topshirig‘iga binoan, Qurbon hayiti munosabati bilan hamda Afg‘onistondagi sel-suv toshqinlaridan jabr ko‘rgan aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 200 tonnaga yaqin oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat navbatdagi insonparvarlik yuki Balx viloyatiga yetkazildi.

Mazkur ko‘mak yuklari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev va Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda Balx viloyati gubernatori o‘rinbosari Nurulhodi Abuidris va ikki tomon rasmiylari ishtirokida Hayraton shahridagi “Astras” kompaniyasi hududida topshirildi.

Beg‘araz yordam tarkibidan kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan un, guruch, shakar, makaron, qandolat va tez tayyorlanadigan mahsulotlar, shuningdek, o‘simlik yog‘i hamda no‘xat o‘rin olgan.

Afg‘oniston rasmiylari ko‘rsatilayotgan bunday yuksak e’tibor va ko‘mak uchun O‘zbekiston Prezidenti hamda xalqiga chuqur minnatdorlik bildirib, Qurbon hayiti munosabati bilan o‘zlarining samimiy tabriklarini yo‘lladilar.

Kiritildi: Bugun 17:30. O'qildi: 307 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!