Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

«Manchester Siti» o‘z yulduzi uchun katta tovon puli belgiladi

«Manchester Siti» o‘z yulduzi uchun katta tovon puli belgiladi

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri Ernandes Madridning «Real» klubi transfer nishoniga aylandi. Bu haqda El Nacional nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Oltin to‘p» sohibi faoliyatini o‘z vatanida davom ettirishga moyil. O‘z navbatida, ingliz klubi transfer summasini belgilab oldi. «Shaharliklar» ispaniyalik futbolchining ketishi evaziga 84 million yevro ishlab olmoqchi.

Madrid tomoni esa ushbu narxni haddan tashqari yuqori deb hisoblamoqda. «Qirollik klubi» futbolchini xarid qilish uchun taxminan 60 million yevro ajratishga tayyor.

Ma’lumot uchun, Rodri o‘tgan mavsumda APLda 21 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qilgan va 3 ta sariq kartochka olgan. Futbolchining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi kelasi mavsum yakunida o‘z nihoyasiga yetadi.

Kiritildi: Bugun 12:12. O'qildi: 215 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!