Super yengil vazn toifasida IBF kamari uchun o‘zbekistonlik sobiq da’vogar Shohjahon Ergashev WBA Regular kamari uchun jang qilgan hamyurtimiz Shahram G‘iyosov haqida gapirdi.
"Shahramning jangini ko‘rdim. Yaxshi jang bo‘ldi. Janglarni tomosha qilib shuni tushundimki, 63,5 kg vazn toifasida hali ko‘p ishlar qilsam bo‘larkan", deydi Ergashev.
G‘iyosov 23 may kuni Gizada (Misr) bo‘lib o‘tgan prof boks oqshomida angliyalik Jek Ketterolga ochkolar hisobiga ko‘ra imkoniyatni boy bergandi.