68 yoshli Karl K. Heute portaliga bergan intervyusida San’at tarixi muzeyi yaqinidagi chorrahaga sekin yaqinlashganini aytdi. Bunga sabab — oldinda svetoforning qizil chirog‘i yonib turgani bo‘lgan.
Keyinchalik haydovchiga avtobusni «haddan tashqari sekin haydab, boshqa transport harakatiga xalaqit bergani» uchun jarima to‘lash haqida qaror kelgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujjatda avtobus aynan qanday tezlikda harakatlangani ham ko‘rsatilmagan.
Karl K. jarima ustidan shikoyat qilmoqchi.
Avstriyaning avtomobil klubi ÖAMTC ta’kidlashicha, transport vositasining tezligi yo‘l va harakat sharoitiga mos bo‘lishi kerak. Qizil svetoforga sekin yaqinlashishning o‘zi esa asosli va o‘rinli harakat bo‘lishi mumkin.