Bugun 25 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tarixiy natija! O‘zbekiston Para Osiyo o‘yinlarini uchinchi o‘rinda yakunladi

Tarixiy natija! O‘zbekiston Para Osiyo o‘yinlarini uchinchi o‘rinda yakunladi

O‘zbekiston delegasiyasi Yaponiyada o‘tkazilgan Aichi–Nagoya-2026 Para Osiyo o‘yinlarida tarixiy natijaga erishdi. Milliy terma jamoa musobaqani 145 ta medal bilan yakunlab, umumjamoa hisobida uchinchi pog‘onani egalladi.

Yurtdoshlarimiz turnir davomida 45 ta oltin, 49 ta kumush va 51 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu O‘zbekistonning Para Osiyo o‘yinlaridagi ishtiroki davomida qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.

Medallar jadvalida Xitoy delegasiyasi yetakchilikni qo‘lga kiritdi. Mezbon Yaponiya ikkinchi, O‘zbekiston esa uchinchi o‘rindan joy oldi.

E’tiborlisi, mamlakatimiz para sportchilari ilk bor qit’a miqyosidagi ushbu nufuzli musobaqaning kuchli uchligiga kirishdi.

Bunga qadar O‘zbekistonning eng yaxshi natijasi 2014 yilda Janubiy Koreyada o‘tkazilgan Para Osiyo o‘yinlariga to‘g‘ri kelgan. O‘shanda delegasiyamiz umumjamoa hisobida beshinchi o‘rinni egallagan edi.

Tarixiy natija! O‘zbekiston Para Osiyo o‘yinlarini uchinchi o‘rinda yakunladi

Kiritildi: 23:34 24.10.2026. O'qildi: 734 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!