AQSh poytaxti Vashingtonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Mustaqillik kuni sharafiga bag‘ishlangan parad kuchli jazirama sababli bekor qilindi.
Bloomberg agentligining tashkilotchilarga tayanib xabar berishicha, ushbu qaror Milliy ob-havo xizmati AQSh poytaxtida ekstremal issiqlik xavfi haqida ogohlantirish e’lon qilganidan keyin qabul qilingan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, havoning sezilarli darajadagi harorati (issiqlik indeksi) 43—46 °C gacha yetishi kutilmoqda.