Bugun 7 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonliklarning qariyb yarmida jamg‘arma yo‘q — Markaziy bank

O‘zbekistonliklarning qariyb yarmida jamg‘arma yo‘q — Markaziy bank

O‘zbekiston aholisining 46,4 foizi kelgusi davr uchun jamg‘armasi mavjud emasligini bildirgan. Bu haqda Markaziy bankning 2026 yil II chorak bo‘yicha «Iste’mol kayfiyati sharhi»da ma’lum qilindi.

Markaziy bank tomonidan iyul oyida o‘tkazilgan so‘rovnomada qariyb 4,1 ming nafar fuqaro ishtirok etgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, aholining pul jamg‘arishga bo‘lgan moyilligi yuqori darajada saqlanib qolgan. II chorakda jamg‘arish subindeksi 69,2 bandni tashkil etgan.

So‘rovda qatnashganlarning 64,3 foizi kelgusida jamg‘armalari oshishini kutmoqda. 23,3 foiz ishtirokchi jamg‘armalari o‘zgarmasligini, 12,4 foiz esa kamayishini taxmin qilgan.

Shuningdek, jamg‘armasi bor fuqarolarning mablag‘lari qancha muddatga yetishi ham o‘rganilgan. Bir oygacha, 1–3 oy, 3–6 oy va 6 oydan ortiq muddatga yetadigan jamg‘armalar ulushida sezilarli o‘zgarish qayd etilmagan.

Ayni paytda, 2026 yilning birinchi yarmida aholining banklardagi jami depozitlari qoldig‘i yillik hisobda 38 foizga oshgan. Milliy valyutadagi muddatli omonatlar qoldig‘i esa 25,6 foizga ko‘paygan.

Kiritildi: Bugun 09:20. O'qildi: 461 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!