Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonlik tibbiyot xodimlari Chexiya va Slovakiyada ishlashi mumkin

O‘zbekistonlik tibbiyot xodimlari Chexiya va Slovakiyada ishlashi mumkin

Migrasiya agentligi Slovakiyaning «Penta Hospitals International» kompaniyasi bilan hamkorlikda Chexiya va Slovakiyada ishlash istagida bo‘lgan tibbiyot mutaxassislarini ro‘yxatga olishni boshlaydi.

Loyihada rus tilida erkin muloqot qila oladigan, tibbiyot oliy ta’lim muassasasining hamshiralik yo‘nalishini so‘nggi ikki yil ichida tamomlagan hamshiralar va tibbiyot og‘alari, shuningdek, shifokorlar ishtirok etishi mumkin.

Saralangan nomzodlar uchun Migrasiya agentligining «Intil» xalqaro markazida uch oylik tezlashtirilgan chex yoki slovak tili kurslari tashkil etiladi. Darslarga Chexiya va Slovakiyadan malakali o‘qituvchilar jalb qilinadi.

Shuningdek, nomzodlarga viza hujjatlarini rasmiylashtirishda Migrasiya agentligi tomonidan amaliy yordam ko‘rsatiladi. Turar joy va o‘qish xarajatlari ham agentlik tomonidan qoplab beriladi.

O‘quv jarayonlari 2026 yil sentyabr oyidan boshlanadi. Viza rasmiylashtirish ishlari til kurslari bilan bir vaqtda olib boriladi.

Kurslarni muvaffaqiyatli tamomlab, Chexiya yoki Slovakiyada ish boshlagan mutaxassislarning oylik maoshi:

  • shifokorlar uchun — 3 000 yevrodan;
  • hamshiralar va tibbiyot og‘alari uchun — 2 000 yevrodan boshlanadi.
Kiritildi: 19:24 08.08.2026. O'qildi: 289 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!