AQSh moliya vaziri Ho‘rmuz bo‘g‘ozi o‘zining strategik ahamiyatini yo‘qotishi mumkinligini aytdi.
Skott Bescentning so‘zlariga ko‘ra, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi endi hech qachon avvalgidek bo‘lmaydi, chunki Eron ushbu strategik dengiz yo‘lini yopish bilan tahdid qilib, undan bosim o‘tkazish quroli sifatida foydalandi.
"Yaqin ikki yil ichida biz Ho‘rmuz bo‘g‘ozi o‘zining avvalgi ahamiyatini yo‘qotganiga guvoh bo‘lamiz. U shunchaki navbatdagi suv yo‘liga aylanadi. Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali tashilayotgan energiya resurslarining 50–70 foizidan ortig‘i quvurlar orqali boshqa yo‘nalishlarga burib yuborilishini bunga sabab sifatida keltirishim mumkin", — dedi Bescent.